1
Modul 1 · 20 daqiqa
Bolalarni himoya qilish va xavfsizlik muhitini taʼminlash
Maqsad. Bolalar xavfsizligini taʼminlash tamoyillari, bolalar huquqlari va har bir xodimning oʻquvchilarni zarar yetishidan himoya qilish boʻyicha masʼuliyati haqida umumiy tushunchani shakllantirish.
Taʼlimiy asos
Bolalarni himoya qilish tamoyillarini umumiy tushunish izchil amaliyotni shakllantiradi, ongli qarorlar qabul qilishga yordam beradi va bolalar xavfsizligi muhim hisoblanadigan maktab madaniyatini yaratadi.
2
Modul 2 · 20 daqiqa
Zoʻravonlik, eʼtiborsizlik va himoyasizlikni aniqlash
Maqsad. Zoʻravonlik, eʼtiborsizlik, ekspluatatsiya, bulling va boshqa zararning mumkin boʻlgan belgilarini (signallarini), jumladan xulq-atvor, davomat yoki oʻquv faolligidagi oʻzgarishlarni aniqlash.
Taʼlimiy asos
Bolalar qiynalayotganini toʻgʻridan-toʻgʻri aytish oʻrniga xulq-atvori yoki davomati orqali namoyon qilishi mumkin. Ogohlantiruvchi belgilarni (signallarni) tanib olish xodimlarga muammolarni erta payqash va yordam soʻrashga imkon beradi.
3
Modul 3 · 20 daqiqa
Bola ochilib gapirishi (ichidagini aytishi)ga munosabat bildirish
Maqsad. Diqqat bilan tinglash, tinchlantirish, mos savollar berish va maxfiylik chegaralarini aniq tushuntirish orqali xotirjam va qoʻllab-quvvatlovchi tarzda javob berishni oʻrganish.
Taʼlimiy asos
Bolaning kattalar bilan birinchi suhbati uning keyinchalik yana yordam soʻrash moyilligiga taʼsir qilishi mumkin. Qoʻllab-quvvatlovchi javoblar kattalarga boʻlgan ishonchni mustahkamlaydi, ikkilanishni kamaytiradi va himoya qilish imkonini beradi.
4
Modul 4 · 20 daqiqa
Bola xavfsizligiga oid xavotirlar haqida xabar berish va dalolat qilish jarayonida tartib qoidalarga rioya qilish
Maqsad. Xavotirlarni xolisona hujjatlashtirish, ehtimoliy zarar va taʼsirlari haqida belgilangan murojaat kanallar orqali xabar berish, maxfiylikni saqlash hamda amaldagi Oʻzbekiston qonunchiligi va maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.
Taʼlimiy asos
Aniq xabar berish tartibi xavotirlarning eʼtibordan chetda qolishi yoki notoʻgʻri hal etilishining oldini oladi. Aniq yozuvlar, oʻz vaqtida yuqori organga yetkazish va belgilangan masʼuliyatlar maktablarga tegishli choralarni muvofiqlashtirishda yordam beradi.
5
Modul 5 · 20 daqiqa
Kasbiy chegaralarni saqlash va xavfsiz maktab tajribasini (amaliyotini) yoʻlga qoʻyish
Maqsad. Xodim va oʻquvchining muloqoti munosabatlarida, jismoniy munosabatlarida, yakka-ma yakka muloqotlarida, raqamli muloqot munosabatlarida, suratga olishda/tushishda va maktabdan tashqari tadbirlarda tegishli chegaralarni qoʻllash.
Taʼlimiy asos
Izchil va aniq chegaralar zarar yetkazish imkoniyatlarini kamaytiradi, oʻquvchilar va xodimlarni himoya qiladi hamda barchaga xavfli amaliyotlarni tanib olish va tegishli munosabatlarni saqlashga yordam beradi.
6
Modul 6 · 20 daqiqa
“Bolalar uchun xavfsiz maktab” madaniyatini va qadriyatini shakllantirish
Maqsad. Xavfsiz va inklyuziv muhit yaratish, oilalar bilan tegishli tarzda hamkorlik qilish, tengdoshlar oʻrtasidagi zararni bartaraf etish va maktab miqyosida bolalar xavfsizligi boʻyicha masʼuliyatni kuchaytirish yoʻllarini aniqlash.
Taʼlimiy asos
Bolalar xavfsizligini taʼminlashda birgina shaxs yoki birgina tashkilot yetarli emas. Jamiyatning kutilmalari va masʼuliyatlari, oʻquvchilarning ovozi eshitilishligi, oilalar bilan hamkorlik va rahbariyat masʼuliyati xavfsizroq maktab jamoasini barqaror saqlashga yordam beradi.